Chevrolet Lacettining tashqi ko‘rinishini italiyalik mutaxassislar yaratgan, shu boisdan u juda kuchli taassurot qoldiradi. Bu modelning asosiy xususiyati silliq, dumaloqlashuvchi chiziqlardir, ular tufayli mashina aslidagi holatiga nisbatan ancha kattaroq va keng hajmli bo‘lib ko‘rinadi. Bunda, uning tashqi ko‘rinishi ancha qimmat toifadagi avtomobillarga xos bo‘lgan jo‘shqinlik va ulug‘vorlik bor. Tashqi ko‘rinishining barcha detallari, 15-dyuymli disklardan tortib yon oynalarining o‘ziga xos shakligacha, a’lo sifati va Italiyaga xos nafisligi bilan ajralib turadi.

Bu ko`rkam mashinaning oxirgi narxlari bilan tanishing:

Lacetti SX L3-15 (1 позиция) 114 449 000 so`m

Lacetti SX CNG L3-15G (1 позиция с ГБО) 123 287 000 so`m

Lacetti CDX/AT L15-15(3 позиция) 136  728  000 so`m

Lacetti L-ELEGANT/AT PLUS (Топовая комплектация позиция) 138 126 000 so`m

Agar Sizga mashinaning tashqi ko‘rinishi muhim bo‘lsa, Lacetti Sizga mos. Salobatli tashqi va ichki ko‘rinishi bo‘lgan ushbu avtomobilda har tomonlama mutanosiblik, silliq go‘zal shakli, ifodali chiziqlari uyg‘un mujassamlashgan. Lacettining ixcham uslubli zamonaviy salonida besh kishi qulay joylashadi. Asboblar paneli o‘z mutanosibligi va turli-tuman xillari bilan ajralib turadi. Xrom qoplangan elementlari va asboblarining joylashuvi puxta o‘ylab chiqilgan. Uning yurish xususiyatlari esa batafsil sinovdan o‘tkazilib, barkamol darajasiga yetkazilgan.

Lacetti kuzovining silliq zamonaviy dizayni — Pininfarina mashhur avtomobil atelesining yutug‘idir (Italiya). Bodomqovoq ko‘zni eslatuvchi oldingi faralari va uzun silliq chiziqli qiyofasi uning yoqimli jozibador ko‘rinishini hosil qiladi. Hashamatli dizayni va keng saloni bo‘lgan 4 eshikli Lacetti — oddiygina oilaviy sedan emas, bu amaliyotga mos bo‘lgan avtomobil nuqsonlarga ega bo‘lmasligini oshkora ko‘rsatuvchi a’lo mashinadir.