Hozir asosan  tijorat yoki oilaviy ehtiyojlarga mo`ljallangan mashinalarga talab ortib bormoqda.  Nima deb o`ylaysiz, bu maqsadlar uchun qaysi avtomobil qulay? Ha, adashmadingiz! Albatta, damas! Shaharning tiqilinch sharoitida va zich transport oqimida, tez-tez to`xtab, yuk tushirish va yuk ortish bilan yurish uchun bundan ham qulayroq bo`lgan yuk tashuvchi avtomobilni topish qiyin.

Damasning oxirgi narxlari:

Damas D11 (грузовой)  75 928 000 so`m

Damas D2 DLX B6O A90 (Deluxe пассажирский)  78 283 000 so`m

Damas LABO MXH T79 (пикап)  79 198 000 so`m

Damas – 0.8 litr hajmidagi, 38 ot kuchi quvvatidagi motori bo`lgan besh eshikli tijorat maqsadidagi avtomobil. Uning zamirida doimo amaliyotga moslik va funksional uyg`unlik bo`lib, konstruksiyasi har qanday yo`l sharoitida uzoq yillar davomida buzilishsiz ishlashini kafolatlaydi. Avtomobil ikkita modifikatsiya shaklida chiqariladi: yo`lovchilar uchun, unda o`rindiqlar uch qator qilib joylashtirilgan (2+3+2) va ikki o`rindiqli yuk tashuvchi, furgon kuzovi bilan, yuk ko`tarish qobiliyati 560 kg gacha. Yuritgichi orqa g`ildiraklarga ulangan. Maksimal tezligi 100 km/soat. Belgilangan yonilg`i sarflanishi 90 km/soat tezlikda 7,8 l/100 km ga teng. Damas o`lchamlari 3845x1400x1920 millimetr bo`lib, bazasi – 1840 millimetr, ya`ni uning kuzovi baland bo`lib, o`ta keng emas, uzunligi ixcham. Avtomobil hatto baland yo`l chetini bosganda yoki tezligini kamaytirmay keskin burilishdan o`tganda ham ag`darilib ketmaydi. Oldingi tirgaklar kichik og`ish burchagiga ega, shuning uchun kapoti deyarli yo`q. Katta faralari oval shakliga ega, keng bo`lmagan bamperda tor burilish ko`rsatkichlari o`rnatilgan.