Samsung Galaxy A40 uch modulli bosh kameraga, shuningdek, romsiz ekrandagi tomchisimon “kemtik”ka joylangan selfi-kameraga ega. Bundan tashqari, ma’lumot manbasi ushbu modelning 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega.

Samsung Galaxy A40 diagonaliga 5,7 dyuymlik ekran bilan jihozlangan.

Smartfon narxi quyidagicha:

terashop.uz saytida 2 485 000 so`m;

mangu.uz 2 050 000 so`m;

creditasia.uz  3 210 800 so`m;

Smartfonning Infinity-U turidagi ekrani Super AMOLED matritsali. Diagonaliga 5,9 dyuymlik displeyning tasvir aniqligi 2280×1080 pikselni tashkil etadi. Smartfonning apparat ta’minoti asosida Exynos 7885 protsessori yotadi, tezkor va doimiy xotirasi esa tegishlicha 4 va 64 gigabayt hajmlidir. Shuningdek, microSD-karta yordamida uning xotirasini 512 gigabaytgacha kengaytirish mumkin.

Ushbu modelni selfifon desak ham adashmaymiz – ekranidagi kamera 25 megapiksellik aniqlikka ega. Asosiy kamera esa qo‘sh modulli – 16 va 5 megapiksellik datchiklardan iborat. Shuningdek, Galaxy A40 orqa korpusda barmoq izi skaneriga, NFC adapteriga, zamonaviy USB-C portiga va quloqchin uchun 3,5 millimetrlik audiotirqishga ham ega. Korpusining o‘lchami 144,3×69,1×7,9 millimetrni, akkumulyatorining tok sig‘imi esa 3100 mA/soatni tashkil etadi.

Samsung mazkur smartfonini Android 9.0 Pie operatsion tizim talqini bilan ta’minlagan, u OneUI grafik qobig‘i ostida ishlaydi.