Chevrolet Cobalt — bu GM korporatsiyasining dunyo miqyosidagi standartlardan foydalangan holda yaratilgan yangi namunasi. Mutlaqo yangi Cobalt dunyo avtomobil bozorida xaridorgirligi bo‘yicha o‘z sinfidagi yetakchi avtomobillardan hisoblanadi.

Cobalt LT GS/16MTB (2 позиция)   95 768 000 so`m

COBALT LTZ/AT GX16/ATB (4 позиция)  115 390 000 so`m

COBALT RAVON R4 Optimum A/T (2 Евро позиция)  108 277 000 so`m

Chevrolet Cobalt  qulaylik, nafislik va yuksak dinamik xususiyatlar hamda eskirmaydigan an’anaviy klassik dizaynni o‘zida jamlagan. Avtomobil eng yuqori xavfsizlik darajasini ta’minlashi uchun kuzov yuqori sifatli po‘latdan ishlangan, ABS (blokirovkaga qarshi to‘xtash tizimi) haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan. Chevrolet Cobaltning tashqi ko‘rinishi va har bir qismi ustida puxta o‘ylangan. Yon oynalar orqa manzaraning keng ko‘rinishini ta’minlasa, unga o‘rnatilgan isitish tizimi hatto qahraton sovuqlarda ham muzning erib ketishini kafolatlaydi. Tumanga qarshi chiroqlar esa  eng yomon ob-havo sharoitida ham yo‘lni ko‘rsatishga qodir. Elektron old va orqa oynako‘targichlar yordamida avtomobilning har bir oynasini birgina tugmachani bosish orqali bir necha soniyada ochib yopishingiz mumkin. Ko‘rkam tashqi o‘lchamlar keng salon va katta sig‘imli yukxonani biroz yashirib turgandek taassurot uyg‘otadi. Chevrolet Cobaltni har qanday masofada, har galgi safarda har bir oila uchun eng ideal avtomobil, tengi yo‘q hamroh va ishonchli yordamchi bo‘lishiga zamin yaratadi.

Har qanday haydovchi dastlab Chevrolet Cobaltning kengligini alohida qadrlaydi. Chevrolet Cobalt oilaviy avtomobili saloniga besh kishi juda qulay joylashishi mumkin. Boshqaruv qismlari esa haydovchi va yo‘lovchi uchun imkon qadar qulay joylashtirilgan. Aksariyat foydali qurilmalar sizni va yaqinlaringizni o‘z uydagidek his qilishini ta’minlaydi. Hatto chiroqlar yonib o‘chish jadalligini o‘zingizga qulay bo‘lgan holatga sozlashingiz mumkin.