2021-yil boshidanoq shov-shuvlarga sabab bo`layotgan va O`zbekiston bozoriga endigina kirib kelayotgan Samsung Galaxy A52 smartfoni haqida ma`lumot berib o`tamiz. Aytilishicha, Galaxy A52 4G smartfoni Snapdragon 720G chipsetiga ega bo‘lib, Android 11 tizimida ishlaydi, tezkor xotirasi esa 8GB.

Qurilmaning 4G versiyasi ham yakka yadroli, ham bir necha yadroli testda 5G talqindan ko‘ra ko‘proq ball to‘plagan. Biroq eslatib o‘tish joizki, har ikkala qurilma ham hali ommaviy ishlab chiqarilishni boshlagani yo‘q, shuning uchun, natijalar sotuvga chiqajak haqiqiy A52’larnikidan farqlanadi.

Smartfon narxi: mobile57.com saytida  4 316 000 so`m;

Galaxy A52‘ning 4G va 5G versiyalari o‘rtasida protsessor va tezkor xotiradan boshqa yana farqli jihatlar bor-yo‘qligi hozircha noma’lum. Samsung’ning o‘zidan Galaxy A52 haqida rasmiy ma’lumotga ega bo‘lmasak-da, 2020-yil yakunlarida chiqqan renderlardan smartfon qanday ko‘rinishda bo‘lishini bilib oldik.

Galaxy A52 5G 6.5 dyuymlik, markazida selfi kamera uchun aylanasimon kemtikka ega displey va ekranosti barmoq izi skaneri bilan jihozlangan. Orqa panelda esa to‘rtburchak modul ichiga joylangan to‘rtta kamera jamlanmasi mavjud.

Galaxy A52 5G, shuningdek, 3.5 mm audio jekka ega. Qalinligi esa 10 mm (kamera bo‘rtmasisiz 8.4 mm). Hozircha smartfon vazni haqida aniq ma’lumot mavjud bo‘lmasa-da, sizdirilgan renderlardan ko‘rish mumkinki, qurilmaning orqa paneli plastikdan, yon tomon romlari esa metalldan ishlangan.