Katta shaharlarda yo`llar anchayin tirband bo`ladi, mana shunday vaziyatlarda yengil va ixcham mashinalar uzog`ingizni yaqin qiladi. Chevrolet Spark ana shunday jonga oro kiruvchi mashinalardan hisoblanadi. U boshidan oxirigacha – haqiqiy Chevrolet avtomobilidir. Narxlari ham pozitsiyasiga qarab turlicha:

SPARK LS M300M-125 (2 позиция МКПП) 73 262 000 so`m

SPARK LT/AT M300M/GC/-A125 (3 позиция AКПП) 92 821 000 so`m

Ravon R2LS M/T Optimum Plus 75 187 000 so`m

Ravon R2 LT A/T Elegant Plus 94 249 000 so`m

Yangi Spark diqqatni o`ziga tortuvchi radiatorning ikki sathli panjarasi va keskin chiziqli qiyofasi bilan, albatta, qayerda bo`lishidan qat`iy nazar butun e`tiborni o`ziga tortadi. Bundan tashqari, o`zining ixcham o`lchami va yuksak boshqariluvchanligi tufayli Spark har qanday shahar harakatiga moslasha oladi. O`ta keng saloni tufayli Spark ichida 170 l. hajmidagi yukni joylashtirish mumkin, o`rindiqlar 60:40 nisbatida yig`ilganda esa yuk hajmi 568 l gacha ortadi. Spark modelining tashqaridan ixcham ko`rinishiga qaramay, uning keng salonida 5 kishi bemalol va qulay joylashishi mumkin. Avtomobilning asboblar paneli v “motosiklet” uslubida. Bundan tashqari, asboblar paneli bir qarab hammasini ilg`ab olish mumkin bo`lgan tarzda joylashtirilgan. Yangi sparkning analogli spidometri raqamli taxometr bilan jihozlangan, u gabarit chiroqlari yoqilganda ko`k rang bilan yoritiladi. Markaziy konsolda CD-player va radio bor, u MP3 va AUX-in funksiyalarini ham amalga oshiradi, USB-uyalar esa har qanday ko`chiriladigan audiomoslamani ulash imkonini beradi. Bundan tashqari, markaziy konsolda mobil telefonlar kabi mayda buyumlarni qo`yish uchun bo`lim ham bor. Uzatmalarni o`zgartirish dastagining oldida esa hatto ikkitali stakan tagligi ham bor.