Ko`rib turganingizdek, Chevrolet Malibuning yangi ko`rinishi yanada salobatli ishlangan. Yangi avtomobil eski avlodlaridan mutlaqo boshqacha tashqi ko`rinishga ega ekanligi bilan farqlanadi. Ushbu yangi avlod mashinasining so`ngi narxlari bilan tanishing:

MALIBU  LT/AT 1,5 Turbo Facelift 2019  278 322 334 so`m

MALIBU  LT/AT 0,2 Turbo Facelift 2019  311 124 067 so`m

MALIBU  LT/AT 2,0 Turbo Facelift 2019  324 450 000 so`m

Avtomobil iqlimni nazorat qilish, o`rindiqlarning isitilishi, interyerning qora charm bilan qoplanganligi, ksenon chiroqlar, yorug`lik diodli kunduzi o`chmaydigan chiroqlar, oldingi chiroqlarni avtomatik sozlash tizimi, tumanga qarshi orqa chiroqlar, sensor displeyli multimedia tizimi, dvigatelni uzoqdan o`t oldirish imkoniyati, sayohat davomida tezlikni avtomatik boshqarish tizimi, havo namligini o`lchab boruvchi datchik, isitiluvchi rul chambaragi, oldingi chiroqlarni avtomatik boshqarish tizimi, dvigatelni o`t oldirish tugmasi, oldindagi va orqadagi yo`l chetiga joylashtirish datchiklari, shovqini nazorat qilish tizimi kabi qulayliklarga  va texnik tavsiflarga ega. Malibu seriyasidagi ushbu avtomobil to`qqizinchi avlod vakili va mutlaqo yangi hisoblanadi. Avtomobil O`zbekiston bozorida 4 rangda (marvaridrang, oq, tutunsimon oq, to`q kulrang va qora) ishlab chiqariladi. Xavfsizlikni ta`minlash borasida ham mukammal ishlangan,  mashina to`plamidan 8 ta xavfsizlik yostiqchasi, teleskopik rul kolonkasi o`rin olgan. Xavfsizlik tizimi, shuningdek, qiyalikdan tushishda avtomatik tormozlanish, tezlikning avtomatik nazorati, trekshn-kontrol – joyida charx urishni nazorat qilish va oldingi hamda orqadagi datchiklar yordamida mashinani yo`l chetiga joylashtirishni o`z nazoratiga oladi.