Samsung Galaxy A41 smartfonining 6,1 dyumli chegarasiz U-ekranida to‘liq yuklangan kontent tajribasiga baho bering. O‘ynash, sevimli videolaringizni tomosha qilish va jonli efirlarni amalga oshirish endilikda FullHD+ aniqlikdadi ajoyib Super AMOLED ekrani tufayli yanada yoqimli.

Smartfon narxi 2 672 000 so`m (narxi farq qilishi mumkin)

Qalinligi atigi 7,9 mm bo‘lgan Galaxy A41 smartfonining ingichka korpusi va ajoyib egik qirralari qurilmaning takrorlanmas ergonomikasini yaratadi, buning natijasida smartfon qo‘lda qulay his qilinadi. Qora, oq yoki qizil ranglarning eng yorqin tuslaridan birini tanlash orqali o‘z shaxsiyatingizni namoyon qiling.

Galaxy A41 smartfonining uchtalik kamerasi bilan haqiqatan ham o‘zingizni isbotlang. 48 MPli asosiy kamera sizga kunduzi ham, kechasi ham tiniq suratlar olish imkonini beradi. 8 MPli Ultra keng burchakli kamera yordamida siz barcha do‘stlaringizni bitta kadrda joylashtirishingiz mumkin, chuqurlik sensori ega bo‘lgan kamera esa xiralashgan effektga ega chiroyli xiralashgan fonli mukammal portretni yaratishga yordam beradi.

Ultra keng burchakli kamera yordamida dunyoni kengroq suratga oling. Keng ko‘rish burchagi sizga ideal shahar panoramasi yoki peysajini yaratishga imkon beradi. 48 MPli asosiy kamera tufayli sizning fotosuratlaringiz kunning qayti payti bo‘lishidan qat’iy nazar har doim yorqin va ravshan bo‘ladi.

Galaxy A41 foydalanuvchi shaxsini aniqlovchi yuqori texnologiyali biometrik tizimi bilan jihozlangan. Ekrandagi barmoq izlari skaneri sizning barmoq izingizni taniydi. Smartfoningizni bir marta bosish orqali qulfdan chiqaring va ma’lumotingiz xavfsizligi haqida qayg‘urmang. Faqatgina siz kontentga kira olasiz.

Tagged in:

,