Samsung Galaxy A21s smartfonining 6,5 dyumli Infinity-O displeyi bilan hissiyotlar ummoniga sho‘ng‘ing. Tasvirning keng nisbati ekraningizni u chetidan bu chetigacha kontent bilan to‘ldiradi. Sevimli videolar, o‘yinlar va jonli translyatsiyalarni HD+ displeyida tomosha qiling.

Smartfon narxi 1 985 000 so`m (narx farq qilishi mumkin)

Samsung Galaxy A21s diqqatingizni jalb eta oladigan porloq va golografik ko‘rinishga ega. Korpusning silliq chiziqlari ekran bo‘ylab harakatlanishda oson va xavfsiz ushlashga imkon beradi. Noyob uslubingizga mos kelish uchun qora, oq, ko‘k yoki qizil ranglardan birini tanlang.

48 MPli yuqori aniqlikdagi asosiy kamera sizga kechayu kunduz tiniq va ravshan rasmlarni olish imkonini beradi. 123°darajadagi 8 MPli Ultra keng kamera keng burchakda tasvirga oladi. Katta planda yaqindan yuqori darajada tasvirla olish uchun yangilangan 2 MPli Makro kamerani tanlang va 2 MPli Chuqurlik kamerasidagi bir qancha “Jonli fokus” effektlari bilan mavzu doimo ajralib turishi guvohi bo‘ling.

Ultra keng kameraning keng ko‘rish maydoni bilan yanada keng dunyoni tasvirga oling. Va 48 MPli asosiy kamera bilan sizning tasvirlaringiz kun davomida yorqin va aniq suratga olinadi.

2 MPli Chuqurlik kamerasi sizga tasvirga olishdan oldin va keyin maydonning chuqurligini moslashtirishga imkon beradi. U tasvirlaringizning professional ko‘rinishini oshirish uchun rasmlaringizdagi keraksiz fonlarni kamaytiradi.

Siz selfilaringiz ajoyib ko‘rinishini istaysiz. Shunday qilib, kunduzgi ajoyib manzaralar uchun Galaxy A21s smartfonining 13 MPli old kamerasi tiniq, yuqori aniqlikdagi fotosuratlarni taqdim etadi. Jonli fokus funksiyasi bilan orqa fonni xiralashtiring, natijada sizning yuzingiz yulduzlarniki kabi aks etadi.

Uydan tashqarida bo‘lganingizda, sizga uzoqroq xizmat qiladigan telefon kerak bo‘ladi. 5000 mA/soat (odatiy)* batareya sizga efirlar uzatish, ulashish va o‘yinlarni o‘ynashga imkon beradi. Agar ishingizni kam quvvat bilan boshlasangiz, uni elektr tarmog‘iga ulang va 15 Vtgacha tezkor quvvatlagich bilan quvvatlang.