Neksiya hammabop avtomobillardan biri bo‘lib, sportga mos yoqimli qiyofasini va keng qulay, shinam salonni o‘zida mujassamlashtiradi. Uni boshqarish oson bo‘lib, yuqori texnologik xavfsizlik tizimiga ega. Ichki bezatishning sifatli materiallari mayda jihatlarigacha puxta o‘ylab chiqilgan. Katta hajmli yukxonasi safarga borishda hech narsadan voz kechmay, barcha zarur buyumlarni o‘zi bilan olib ketish imkonini beradi.
NEXIA 3 LT AV-GS16 (2 позиция) 87 320 000 so`m
NEXIA 3 LTZ/AT AV-GX16AT 106 429 000 so`m
Avtomobilning old optikasi oldinga chiqib turadi, oldingi qanotlarining bir qismini o‘z ichiga oladi. Bamperning egilgan chiziqlari avtomobilga go‘zal shaklini baxsh etadi. Bamperning pastki qismida yon tomonlarida tumanga qarshi chiroqlari va kunduzgi yurish chiroqlari joylashgan. Nexia oldingi qismini shaklini a’lo namoyon qiladi. Uning oldingi qanotlarida takroriy burilish ko‘rsatkichlari joylashgan. Katta orqa gabarit chiroqlari istalgan ob-havo sharoitida yaxshi ko‘rinadi. Yonilg‘i bakining hajmi 45 l., bu esa bunday avtomobil uchun kam bo‘lmaydi. Yukxonasining hajmi odatdagi holatida 400 l. va orqa o‘rindiqlarini yig‘ib olgan holatida 900 l. bo‘ladi. Avtomobilning katta oldingi paneli dumaloq shaklda qilingan. Panelning o‘rtasida oldingi qismida havo yetkazish uchun ikkita tuynuk joylashgan. Ularning ostida chiziqli kirish uyasi, USB port bo‘lgan audio tizimi va bort kompyuteri joylashgan. Audiotizimning ostida konditsioner joylashadi. Undan pastroqda standart holatida sigaret tutatgich va kuldon bor. Yukxonani ochish tugmasi Nexia modelidagi standart to‘plamning ichida bo‘lib, haydovchiga avtomobildan chiqmaslik imkonini beradi.
Asboblar paneliga spidometr, taxometr kiradi, motor haroratining datchigi va bakdagi yonilg‘ining sathi katta raqamlar bilan ko‘rsatilib, har qanday yoritishda a’lo ko‘rinadi. To‘rt simli boshqaruv ruli qo‘lda qulay joylashadi va gidrokuchaytirgich tufayli qattiq kuch bermagan holda oson buriladi, bunga qo‘shimcha afzalligi rulni har qanday haydovchiga balandligi bo‘yicha moslashtirib sozlash hisoblanadi. Nexia modelida rulning chap tomonida faralarni sozlash tizimi va taymer funksiyasi bo‘lgan orqa oynani isitish tugmasi joylashgan.