Avtomobil muhandislari yangi model ishlab chiqqunga adar uning qulayligi borasida uzoq bosh qotiradilar. To`g`rida, avtomobil uzoqni yaqin qilish vazifasidan tashqari boshqa qulayliklarga ega bo`lishi kerak. Damas toifasidan bo`lgan Labo ana shunday har tomonlama qulayliklarga ega avtomobil hisoblanadi.   Chevrolet Labo 550 kg gacha yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘lgan kichik mini-yuk mashinasi. Labo rusumli avtomobil Damas modelining ochiq bortli kuzovi bo‘lgan modifikatsiyasi bo‘lib, shahar va qishloq joylarida va kichik masofalarga yuk tashish uchun mo‘lallangan.

Laboning bugungi kundagi narxi:

Damas LABO  71 349 654 so`m

Laboning tashqi ko`rinishiga to`xtaladigan bo`lsak, avtomobil 0.8 litr hajmidagi, 38 ot kuchi quvvatidagi uch silindrli motor bilan, besh bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. “GM Uzbekistan” AJning Xorazmdagi zavodida yiliga bunday avtomobildan 5000 dona ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Ushbu avtomobil «GM Uzbekistan» AJ ning Xorazm viloyatidagi filialida ishlab chiqariladigan uchinchi model hisoblanadi.