Xiaomi Redmi Note 8 Pro Xitoyning Xiaomi kompaniyasi tomonidan yaratilgan asosiy kamerasi 64 Mpli dunyodagi ilk smartfon hisoblanadi. Xiaomi Note 8 Pro Helio G90T protsessorida ishlaydi. Xiaomi Redmi Note 8 Pro‘da 1080p+ rezolyutsiyaga ega 6,53“ kattalikdagi IPS LCD displey o‘rnatilgan. Displeyni Gorilla Glass 5 oynasi himoyalab turadi; tomchi kamera esa panelning eng yuqorisidan joy olgan. Qurilma og‘irligi 199 grammga teng.

Smartfon nari quyidagicha:

asaziy.uz da 2 576 000 so`m;

terashop.uz da 2 830 000 so`m;

myxiaomi.uz da 2 600 000 so`m;

Kamera jamlanmasi 64 megapikselli Samsung GW1 sensori (1/17“, 0.8µm piksel), 8MP o‘ta keng burchakli kamera, 2MP makro kamera (fokus uzunligi 2 sm ga teng) hamda 2MP sath kamerasidan tuzilgan. Pro bo‘lmagan Note 8’ning asosiy kamerasi (48MP) dan boshqa barcha ob’yektivlar Pro talqinidagi sensorlar bilan bir xil. Bu xususiyatlar Realme’ning yangi lineykasi gadjetlariniki bilan o‘xshash.

4,500 mA/soat hajmli akkumulyator USB-Power Delivery’dan foydalangan holda 18 vattgacha bo‘lgan tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Quick Charge 4.0+ va Pump Express’lar ham qo‘llab-quvvatlanadi. Portlarga to‘xtalsak, smartfonda USB-C, unga yonma-yon 3.5 millimetrli audio jek ham o‘rnatilgan.

Xiaomi Redmi Note 8 Pro‘ning Helio G90T CPU’siga 6GB tezkor va 64GB doimiy xotira sherik qilingan; xotira sig‘imi maksimal 8/128GBgacha bo‘lgan talqini ham mavjud bo‘ladi. Note 8 bilan esa faqat 4/64GBlik tanlovga egamiz. Qurilmaning asosiy kamerasi 4 ta moduldan, jumladan 64 Mp li Samsung GW1, 8 Mpli o‘ta keng burchakli va 2 ta 2 Mpli modullardan tashkil topgan. Qurilmaning old tomonida 20 Mpli kamera joylashgan. 

Tagged in:

, ,