Samsung Galaxy A71 smartfoni ko`rgan ko‘zni qamashtiradi. Uning imkoniyatlari ham anchagina keng. Korpusning tekis va silliq chiziqlari uni qo‘lingizda qulay ushlab turishga imkon beradi va dinamik naqshli orqa panelning o‘ziga xos dizayni sizni boshqalardan ajratib turadi. Qora, kumush yoki ko‘k ranglardagi yorqin prizmatik soyalaridan biri bilan shaxsiyatingizga urg‘u bering.

Smartfon narxi quyidagicha:

olcha.uz saytida 3 998 000 so`m

Mediapark savdo majmuasida 4 253 000 so`m

Creditasia.uz da 5 3 100 so`m

Obyektni katta planda suratga olish, peyzaj yaratish, tungi vaqtda suratga olish yoki turli effektga ega ajoyib portret tayyorlash — Galaxy A71 smartfoni to‘rtta AI kamerasi tufayli har qanday narsaga qodir: asosiy obyektivi 64MP li, 123° ko‘rish burchagiga ega keng burchakli 12 MP li kamera, makro tasvirga olish uchun 5MP li kamera va chuqurlik sensori ega 5MP li kamera.

Samsung Galaxy A71 ultra keng burchakli kamerasi va aqlli dasturiy ta’minoti yordamida professional sifatli videolarni tasvirga oling. Galaxy A71 4500 mA soat quvvatli kuchli batareyaga ega, shuning uchun siz kun bo‘yi o‘ynashingiz, do‘stlaringiz bilan fayllar almashishingiz yoki videolarni namoyish qilishingiz mumkin. Galaxy A71 tezkor protsessor va barcha muhim narsalarni saqlash uchun katta hajmdagi xotiraga bilan jihozlangan. Sakkiz yadroli protsessor va 6 GB tezkor xotira smartfonning bir tekis va tezkor ishlashini ta’minlaydi. O‘rnatilgan 128 GB ichki xotira va uni microSD kartasi yordamida 512 GBgacha kengaytirish imkoniyati sizga yanada ko‘proq fotosuratlar, videolar, o‘yinlar va ilovalarni saqlashga imkon beradi.

Tagged in:

, , ,