Samsung Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra bilan inqilobiy 8K formatda video tasvirga oling hamda video kadrlarni yuqori sifatli fotosurat sifatida saqlab oling. Qo’shimchasiga esa, Samsung Knox mustahkam himoyasi, aqlli akkumulyator, super tezkor protsessor va juda katta hajmdagi xotiraga ega bo’ling. Mobil qurilmalar rivojidagi yangi davrga xush kelibsiz.

Smartfon narxi quyidagicha:

asaxiy.uz saytida 10 325 000 so`m;

mediapark savdo majmuasida 10 815 000 so`m;

Past yorug’likda professional kameralar birdaniga bir nechta surat oladi. So’ngra esa ularni xira va shovqindan holi yagona mukammal suratga birlashtiradi. Kuchli sensor va sun’iy intellekt tungi rejimda suratni ranglarga boy, yorqin va aniq chiqishini ta’minlaydi.

Samsung Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra barcha yuqori sifatli video va fotosuratlaringiz uchun o‘rnatilgan katta xotiraga ega. Keyinchalik microSD kartasi yordamida uni yanada ko‘proq saqlash uchun — jami 1TB gacha kengaytirishingiz mumkin.

Kattalashgan sensor hamda maxsus stabilizator kamera tebranishini barqarorlashtirishi video tasvirlar super barqaror bo’lishini ta’minlaydi.

5000 mA·s gacha (odatiy) hajmdagi yuqori kuchdagi intellektual akkumulyator bilan, qayta quvvatlantirish haqida o’ylash shart emas. Smartfon sizning kundalik harakatlaringizni o’rganadi, hamda bir martalik quvvat oldirishdan yanada ko’proq foydalanishingiz uchun energiya sarfi samaradorligini oshiradi.

Samsung Galaxy S20 | S20+ S20 Ultra kamerasida olingan har bir tasvir katta hajmdagi xotirani saqlash imkoniyatini beradi. Agar yanada ko’proq xotira kerak bo’lsa, microSD karta bilan uni 1.0 TB gacha oshiring.

Tagged in:

,