5.3″ HD+ displeyiga ega Galaxy A01 Core smartfoni katta oʻlchamdagi keng ekrani hisobiga mavjudlik effektini yaratadi. Qulay koʻrish burchagi kontentingizni tomosha qilishni haqiqiy zavq olish jarayoniga aylantiradi.

Galaxy A01 Core ingichka (atigi 8,6mm) korpusining ichiga katta hajmli batareya ohista joylangan, tashqi dizaynning goʻzalligi esa ajoyib chiziqlar bilan ifodalangan. Yoqtirgan rangingizni tanlang: qora, koʻk yoki qizil.

Smartfon narxi 1 055.000 so`m

Eng yaxshi lahzalaringizni Galaxy A01 Core smartfonining 8MP asosiy kamerasida olingan chiroyli, aniq suratlarda saqlang. Yoki smartfonni burib va 5MP old kameradan foydalangan holda bosh qahramonga aylaning.

Galaxy A01 Core smartfoni sizning kunlik ehtiyojlaringizga mos kelishi uchun ishlab chiqilgan. U muammosiz ishlashi uchun 1GB operativ xotira va 16GB hajmga ega ichki xotira bilan jihozlangan. Android (Go versiyasi) operatsion tizimi ham tezkor va yengil ish uchun optimallashtirilgan oldindan oʻrnatilgan maxsus ilovalar hisobiga xotiraning boʻsh turishini taʼminlaydi.

3000mAh (tipik miqdor) sigʻimga ega batareya hisobiga uzoqroq oʻynashingiz mumkin. Batareya sigʻimining kengayishi smartfoningizni kamroq quvvatlash va unda sevimli vazifalaringiz bilan koʻproq shugʻullanish imkonini beradi.

Galaxy smartfonini sotib olar ekansiz, bundan xotirjam boʻlishingiz mumkin. Samsung Members ilovasi yordamidagi interfaol diagnostika va optimallashtirish funksiyalari qurilmangiz ishini oson sozlash imkonini beradi, yordam xizmati xodimlari esa tugʻilishi mumkin boʻlgan har qanday muammoni yechishda yordam beradi.