Texnologiya, dizayn, yuqori ishlovchanlik, xavfsizlik bularning hammasi Chevrolet Trailblazer avtomobili haqida. Аgar sizga sayohat va kundalik hayot uchun kuchli dvigatelli avtomobil kerak boʼlsa, u holda Trailblazer – ajoyib tanlov.
Avtomobilning narxi bilan tanishing:
Chevrolet Trailblazer(минимальная комплектация, под заказ) 304 000 000 сумов
($32 тысячи)
Включая 15% НДСChevrolet Trailblazer LTZ 6АT (максимальная
комплектация) 398 000 000 сумов
($42 тысячи)
Включая 15% НДС
Dvigatelining hajmi 3,6 litr, 275 ot kuchi hamda toʼliq uzatma avtomobil egasiga oʼzi va oilasini toʼliq himoyalanganlik hissini beradi. Dvigatel 6 pogʼonali avtomat uzatma bilan jihozlangan, bu esa avtomobilning butun dinamikasini his qilish imkonini beradi — soatiga 100 km tezlik olishi 9,1 soniyani tashkil etadi. Аralash sikl uchun yoqilgʼi sarfi 100 km uchun 9,7 litrni tashkil qiladi. Oltita xavfsizlik yostigʼi bilan bir qatorda, u kunduzgi chiroqlar, elektronik barqarorlikni boshqarish, shinalar bosimi signallari hamda boshqa koʼp qulayliklarga ega.
Boshqaruvga qoʼshimcha tarzda audio tizim va kruiz nazorati bilan birga ushbu yoʼltanlamas qiyaliklardan pastga tushadigan yordamchi tizim, yomgʼir sezgich, bort kompyuteri, salonga kalitsiz kirish hamda Chevrolet MyLink taklif qiladi. Trailblazer eng soʼnggi xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Bir so`z bilan aytganda, Chevrolet Trailblazer avtomobilsozlikning eng yorqin namunalaridan hisoblanadi.