Biz sizga kitob rastalaridan topish mushkul bo`lgan noyob asar Ahmad Lutfiy Qozonchining “Saodat asri qissalari” haqida ma`lumot bermoqchimiz. Kitob katta hajmda chop etilgan. Asar 4 ta kitobdan tashkil topgan. “Saodat asri qissalari” kitobi Payg`ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning muborak hayotlari haqida so`z yuritib, tarixiy voqea va hodisalarni badiiy uslubda aks ettiradi. Ahmad Lutfiy Qozonchi tomonidan yozilgan ushbu asar turk tilidan o`zbek tiliga mohirona tarjima qilingan.

Kitob narxi quyidagicha:

kitoblardunyosi.uz  saytida 225 000 so`m;

olcha.uz saytida 270 000 so`m;

olx.uz da 250 000 so`m;

Ahmad Lutfiy hozirgi zamon adibi, tarixchi olim. “Saodat asri qissalari” kitobi Saodat asridan hikoya qiluvchi olti jildli asardir. Kitob to`la holida Janobi Payg`ambarimiz alayhissalomning tug`ilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlarini qamrab oladi. Xuddi shu mavzuga bag`ishlangan boshqa asarlardan farqi  muallif aniq tarixiy voqea-hodisalarni o`ziga xos badiiy yo`sindaaks ettirganidir. Bu kitoblarning mashhur bo`lib ketganini shundan ham bilsa bo`ladiki, asar to`rt marta nashr qilingandir. Asar 12 yil davomida qayta-qayta tarjima va tahrir qilingan. Shuning uchun ham asarning tarjimasi go`zal va mukammal bo`lgan.

Muallif: Ahmad Lutfiy Qozonchi

Tarjimonlar: Abbos Ahmad, Anvar Ahmad, Ibrohim Nurulloh

Nomi: “Saodat asri qissalari” – 1-4-kitoblar

Nashriyot: “Imom Buxoriy xalqaro markazi”

Hajmi: 968 bet

Sana: 2019 yil

ISBN: 978-9943-5681-2-9

Bichimi: 84×108 1/16

Muqovasi: qattiq