Galaxy S20 FE – Siz istagan va yoqtirgan barcha narsalar uchun mo`ljallangan smartfon. Telefoningiz deyarli hech qachon qo‘lingizdan tushmaydi. Katta va qalindan nafis va klassikkacha bo‘lgan, sirti yaltiramaydigan va urfdagi ko‘plab telefonlar safidan o`rin egallagan smartfon. 6,5 dyuymli to‘liq HD’li Infinity-O displeyining yassi chetlarini o‘rab turuvchi bilinar-bilinmas jiyagi va kameraga kiradigan sumba uchun o‘ta kichik teshigi bor. Bu o‘yinlaringiz, oqimli uzatishingiz va videoaloqangizni yanada jozibali qiladigan va voqeaga shohid bo‘lganday tasavvur beradigan ekranni anglatadi.

Smartfon narxi quyidagicha:

mediapark.uz 6 405 000 so`m;

creditasia.uz 8 212 900 so`m;

tovar.uz  5 977 700 so`m;

radius.uz 6 553 000 so`m;

kattabozor.uz 5 883 000 so`m;

Orqa tarafidagi uchta kamera sizga professional, #filtrlash shart bo‘lmagan suratni osonlikcha olish imkonini beradi. VIP suratlarni 30 marta kattalashtiradigan Space Zoom funksiyasi sizga xonaning bir tarafidan turib, boshqa tarafi tasvirga olinayotgan suratni kattalashtirish imkonini beradi.

32 megapikselli old kamera bor ekan, selfi va videobloglaringiz butunlay yangi darajaga ko‘tariladi.

1,6 Gb/s.gacha LTE sizga baquvvat ma’lumot uzatish tezligini taqdim etadi, ayni chog`da Wi-Fi 6 odam ko‘p to‘planib qolgan ulanish nuqtasida ham sizni tarmoqqa xavfsiz va kam ushlanib qolishlar bilan ulaydi.

Ko‘plab smartfon ekranlaridan ikki marta tez ishlaydigan Super AMOLED displeyi harakatlar aniqligini saqlab qolish va barmoq tekkizilganda buyruqlarni tezroq bajarish uchun o‘ta silliq 120 gertsda yangilanadi. Vaqt shkalasini aylantirayotganingiz yoki galereyani qarab chiqayotganingizdan qat’i nazar, ekran kamroq titrab, tez harakatlanadi.

128 gegabaytlik ichiga o‘rnatilgan xotira joyiga va 1 terabaytgacha microSD xotira kartasiga saqlash imkoniyati, siz saqlashingiz mumkin bo‘lgan narsalarga yagona cheklov yaratishingiz va yuklab olishingiz mumkin bo‘lgan narsalardir. Suv va changga qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha IP68 himoya standartiga ega ushbu telefon 1,5 metrlik suv ostida 30 daqiqagacha turib berishi mumkin. Shuning uchun telefoningiz bir oz ho‘l bo‘lsa ham unda o‘ynash va tasvirga olish mumkin.