Kundalik turmushda zarur bo`lgan tabiiy gaz narxi mo`tadil bo`lishini hamma xohlaydi. Ularning narxi esa doim ham bir xil miqdorda bo`lavermaydi. Lekin nima uchun narx o`zgaradi, bu haqida hech o`ylab ko`rganmisiz?
Ma`lumot o`rnida aytib o`tish lozimki, 2021-yilda tabiiy gaz narxi oshirilmaydigan bo`ldi.
Oxirgi marotaba 2019 yil 15 avgustdan aholiga yetkazib berilayotgan 1 kubometr tabiiy gazning bahosi hisoblagich bo`lganda 380 so`m etib belgilandi. Hisoblagich bo`lmaganda ovqat pishirish yoki sovuq suvni isitish uchun ishlatiladigan gazning narxi 660 so`m, xonani isitish uchun esa 380 so`m bo`lgandi. Mahalliy xomashyoyetishmasligi, chetdan tabiiy gaz va neft mahsulotlarini import qilish zarurati vaushbu resurslarni xorijiy korxonalardan umumjahon narxlarida xarid qilinayotgani tabiiy gaz va neft mahsulotlarining narxiga ta`sir ko`rsatadi.
Endi narx o`zgarishiga ta`sir qiluvchi omillar bilan tanishsak. Hozirgi kunda gaz bo`yicha amal qilayotgan me`yor bir abonent uchun isitish mavsumidagi besh oyda 1000 kub metr, qolgan vaqtlarda 250 kub metr gazni tashkil etadi. Belgilangan limitdan oshib ketsa, gaz haqini to`lashda 1,2 miqdoridagi oshirilgan koeffitsient qo`llaniladi. Tajriba sinov tariqasida amalga oshirilayotgan loyihada belgilanganidek, gazni nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashgan tizimi ishga tushirilganidan so`ngina tabiiy gazning asosiy me`yoridan foydalaniladi. Gaz quvurlari eskirgani, abonentlarning zamonaviy hisobga olish priborlari bilan ta`minlanmagani ham me`yordan ortiq yo`qotishlarga sabab bo`lmoqda. Gazni nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashgan tizimi me`yordan ortiq yo`qotishlarni qisqartirish imkonini beradi. Tizim barcha iste`molchilar qatlamlariga 2022 yilgacha to`liq joriy qilinishi rejalashtirilgan. Bu kabi choralar energoresurslar ishlab chiqish jarayonlarini modernizatsiya qilish bilan birga nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlar ham foydalanishi zarur bo`lgan manbalarni tejab ishlatish, uni behuda isrof qilmaslik kabi xayrli maqsadlarga ham xizmat qiladi.
Bobur ko‘chasing 20- uy
Xozirgi vaqtda xonadonda qoyilga gaz kub qanchadan xisoblanadi
Kotyol bo’lsachi, suvni ham uyni ham isitadiku, ovqat pishirish va kotyolga gaz uchun 1ta hisoblagich qo’yilgan
Man bir narsaga shunmadim majburiy yangi gaz xisoblagich o’rnatib ketishdi va shu kunga qadar to’lovim 672.000 so’m. Ko’rsatkich bazada sms orqali 1784 va qarzim 11455 so’m deb habar keldi mening hisobi bo’yicha 5920 so’m qarzim bor bu holatni kim menga tushuntirib beradi?
Biz axoli omimi yoki yangi kompyuter bazasi omimi?
Yoki Ray gaz hodimlarining bilsa xazil bilmasa chin degan o’yinimi?
menda ham shu holat jvobgar odam kim shunda