Xitoycha Apple” deb ataluvchi Xiaomi kompaniyasi birinchilardan bo‘lib Snapdragon 875 chipsetida ishlovchi smartfonlar — Mi 11 va Mi 11 Pro‘larni taqdim etdi. Insayderlardan birining ma’lum qilishicha, Mi 11 Pro smartfoni juda o‘zgacha ekranga ega hisoblanadi.

Aytilishicha, Mi 11 Pro‘ga ishlab chiqaruvchi QHD+ rezolyutsiyali, 120Hz yangilanish chastotasiga ega ekran o`rnatilgan.

Smartfon narxi: 7 055 000 so`m;

Mi 11 Pro‘ning yangi ekrani Mi 10 Pro’dagi 1080p rezolyutsiya va 90Hz yangilanish chastotasili ekranga qaraganda anchayin katta apgreyd hisoblanadi. Insayderning yana aytishicha selfi kamera o‘rni o‘zgarmasdan ekranning chap burchagida joylashgan va butun panel biroz qayrilgan chetlarga ega. Orqa kameralar borasida katta o‘zgarish kuzatilmaydi.

Yana bir jihatini alohida ta`kidlash lozimki, yangi smartfonda 120 Vt tezkor quvvatlash imkoniyati mavjud.

Xitoylik smartfonsoz 4,000 mAs akkumulyatorni 0 dan 100% ga atigi 19 daqiqada quvvatlovchi 80 Vt simsiz tezkor quvvatlagich gadjetni ham ko‘rsatgan va hozir uning ustida ishlamoqda. Yaqin kunlarda Xiaomi flagmanlari bilan birga ushbu zaryadchikni ham kutib qolamiz.