Yangi smartfonlardan bo`lgan Huawei Mate 40 Pro hamda Mate Pro+ modellarining har ikkalasi 6,76 dyuymlik OLED-displeyga ega. Ekranning tasvir aniqligi 1344×2772 piksellik, unda kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik bo‘lsa, sensor qatlam diskretizatsiyasi 240 gerslik.
Flagmanlarning displeyi har ikki yonidan 88 darajaga qayrilgan, shunga qaramasdan, korpusning yon qirrasida moddiy tugmachalar ham saqlab qolingan. Barmoq izi skaneri, albatta, ekranning o‘ziga integratsiya qilingan.
Mate 40 Pro ham, uning “plyusli” versiyasi ham IP68 standarti darajasidan suvdan himoyalangan korpusga ega.
Smartfon narxi: olx.uz saytida 13 155 125 so`m;
asaxiy.uz saytida 12 826 000 so`m;
tovar.uz da 12 643 100 so`m;
Odatdagidek, Huawei bu flagmanlarining fotoimkoniyatlariga katta e’tibor qaratgan va bu borada Leica bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Mate 40 Pro modelida asosiy datchik 1/1,28 dyuymlik bo‘lib, bu (Huawei P40 modellari bilan bir qatorda) hozir bozordagi eng yirik optik sensor hisoblanadi. Uning aniqligi 50 megapikselgacha oshirilgan, diafragmasi f/1.9 bo‘lib, barcha tomonlarga yo‘naltiriluvchi avtofokus hamda tasvirni optik barqarorlashtirish funksiyalari ham saqlanib qolgan. Ikkinchi – kinematografik kamera 20 megapiksellik modulga va o‘ta keng burchakli ob’yektiv (f/1.8) bilan taqdim etilgan. Uchinchi – 12 megapiksellik periskop modul 7 karralik zum, f/3.4 diafragma va optik stabilizatsiyaga ega. Bularning bariga lazerli sensor ham qo‘shilgan.
Bosh kamera soniyasiga 60 kadrlik tezlikda 4K-video, shuningdek, 1080p aniqligida soniyasiga 480 kadrlik sekinlashtirilgan roliklar suratga olishga qodir.
Mate 40 Pro hamda Mate Pro+ old kameralari bir xil: displeydagi oval tirqishga o‘rnatilgan bo‘lib, 13 megapiksellik asosiy sensor va qo‘shimchasiga chuqurlik datchigini o‘z ichiga oladi. Selfi-kameraning o‘zi ham soniyasiga 60 kadrlik 4K-fideo hamda soniyasiga 240 kadrlik 1080p-video yozib ola biladi. Egasini yuzidan tanib smartfon qulfini ochishdan tashqari, old kameralar havodan turib bajarilgan kaft ishoralarini anglashga ham o‘rgatilgan.
Shuningdek, flagmanlarga bir vaqtning o‘zida har ikkala – bosh va old kameralar yordamida video yozib olish rejimini ham qo‘shishgan.
Fotoflagmanlarning «ichki dunyosi»ga keladigan bo‘lsak, Huawei ularni o‘zining eng yangi va kuchli protsessori – Kirin 9000 bilan ta’minlagan.
Mate 40 Pro va uning «plyusli» talqinida bir xil akkumulyator qo‘llangan: 4 400 mA/soatlik tok sig‘imi, 66 vattlik tezkor va 50 vattlik simsiz quvvatlash texnologiyalari. Shuningdek, ularda reversiv zaryadka funksiyasi bor – boshqa gadjetlarga quvvat bera oladi.