POCO X3Xiaomi yoki Redmi brendi ostida oldin chiqqan biror modelning kloni emas, balki chindan ham yap-yangi rusumdagi telefondir.

POCO X3 NFC modeli alyuminiy romli plastik korpusda chiqqan va IP54 standartiga ko‘ra suvdan himoyaga ega. Shuningdek, uni Hi-Fi ovozli stereodinamiklar, yangicha vibromotorcha, quloqchin tirqishi, NFC moduli, infraqizil datchik, Bluetooth 5.1, yon qirradagi daktiloskop hamda gibrid slot (ikkita SIM-karta yoki SIM + microSD-karta) bilan ta’minlashgan. Smartfonning ekrani IPS-panelli bo‘lib, diagonaliga 6.67 dyuymlik o‘lchamga ega. Displeyning tasvir aniqligi FHD+ formatida, u videoning HDR10 formatini qo‘llab-quvvatlaydi, yangilanish chastotasi naq 120 gerslik!

Smartfon narxi quyidagicha:

Mediapark savdo majmuasida 3 270 000 so`m;

asaxiy.uz da — 2 883 000 so`m;

tovar.uz da — 2 803 700 so`m;

mi-store.uz da — 3 360 000 so`m;

POCO X3 NFC ekranining tirqishida 20 megapiksellik old kamera joylashgan.

Uning bosh kamerasi esa to‘rt modulli bo‘lib, asosiy sensor sifatida 64 megapiksellik Sony IMX682 datchigi ishlatilgan. Ikkinchi – 13 MPlik modulga 119 darajali ko‘rish burchagiga ega keng burchakli ob’yektiv o‘rnatilgan. Kvadrokamera jamlanmasida yana 2 megapiksellik makrokamera hamda shunaqa aniqlikdagi sahna chuqurligi datchigi ham bor.

POCO X3 NFC akkumulyatorining tok sig‘imi 5160 mA/soatlik bo‘lib, 33 vattlik tezkor quvvatlanadi va shunaqa zaryadnik smartfon jamlanmasining o‘ziga kiritilgan.

Xohlovchilar bu qurilmani ichki xotirasi 64 yoki 128 gigabaytlik variantda xarid qilishlari mumkin.