Oʻzbekiston hududida ichimlik suvi taʼminotining 65 foizi yer osti va 35 foizi yer usti suv manbalaridan yetkazib beriladi.
Respublika boʻyicha ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari narxlari (tariflar)ni belgilashda hududlarning geografik joylashuvi, suv manbalaridan aholi punktlarigacha boʻlgan masofalar, ichimlik suvi ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar eʼtiborga olinadi. Shu sababli, ichimlik suvi ishlab chiqarish va kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish tariflari har bir viloyat uchun alohida shaklda belgilanadi.
Respublikada 1 metr kub ichimlik suvi uchun oʻrtacha tarif aholi isteʼmolchilari uchun 796 soʻm, byudjet tashkilotlari uchun 1739 soʻm va boshqa ulgurji isteʼmolchilarga 1854 soʻm, 1 metr kub kanalizatsiya xizmatlari boʻyicha oʻrtacha tarif aholiga 491 soʻm, byudjet tashkilotlariga 980 soʻm va boshqa ulgurji isteʼmolchilarga 1000 soʻmni tashkil qiladi.
Respublika boʻyicha aholiga eng arzon 1 m3 tarif qiymati Toshkent shahrida 400 soʻm, eng qimmat tarif qiymati Xorazm viloyatida 1240 soʻmni tashkil etadi. (Narxlar farq qilishi mumkin)
Birgina Toshkent shahrida 2021-yil 7-yanvar kuni tasdiqlangan deklaratsiyaga muvofiq, 2021-yil 24-yanvardan Toshkent shahri boʻyicha ichimlik suvi bo`yicha yangi tariflar amalda foydalanishga kiritiladi.
Unga koʻra, 24-yanvardan narxlar quyidagicha boʻladi.
Ichimlik suvi:
— aholi uchun – I guruh (jismoniy shaxslar) – 1 m³ – 400 soʻm 00 tiyin;
— byudjet tashkilotlari uchun — II guruh – 1 m³ – 400 soʻm 00 tiyin;
— ulgurji isteʼmolchilar uchun — II guruh – 1 m³ – 400 soʻm 00 tiyin;
— tijorat isteʼmolchilari uchun — III guruh – 1 m³ – 1000 soʻm 00 tiyin.
Oqova suvi xizmati uchun:
— aholi uchun – 1 guruh (jismoniy shaxslar) – 1 m³ – 350 soʻm 00 tiyin;
— byudjet tashkilotlari uchun — II guruh — 1 m³ – 350 soʻm 00 tiyin;
— ulgurji isteʼmolchilar uchun — II guruh – 1 m³ – 350 soʻm 00 tiyin.