Smartfon xaridorlari asosan ixcham, qulay va xamyonbopligiga ahamiyat beradilar. Galaxy A30 ana shunday smartfonlardan. U oʻzining yupqa, ammo mustahkam 7,7 mm qalinlikdagi jiloli, yaltiroq qoplamli va yoqiml korpusi bilan ajralib turadi. Uni oʻgirsangiz, barmoq izlarining yashirin datchigini va plastik oynadan ishlangan orqa 3D panelni koʻrasiz. Bular Galaxy A30 modelining xushbichim premial dizaynini toʻldirib turadi.

Smartfon narxi quyidagicha:

terashop.uz saytida 2 064 000 so`m;

aniq.uz saytida 2 064 000 so`m;

goodzone.uz da 1 962 300 so`m;

Samsung Galaxy A30 16 megapikselli kamera (F1.7) va namoyish burchagi xuddi odam koʻziga oʻxshagan 123 darajali ultra keng burchakli kamera bilan jihozlangan. Bu odatiy suratga olish ufqlarini kengaytirish uchun sizning imkoniyatingizdir.

4000 mА soat standart sigʻimli akkumulyator telefonni kun davomida quvvat bilan taʼminlab, har bir lahzadan zavqlanishingizga imkoniyat yaratadi. Galaxy A30 qurilmasidagi 15W quvvatli tez zaryadlanish texnologiyasi faol hayotingizning dinamik ritmidan tushmasligingizga imkon beradi.

Yagona foydalanuvchi interfeysi haqiqatan ham muhim boʻlgan narsaga eʼtiborni jamlashga yordam beradi. Dasturiy taʼminot va uskuna tandemi tufayli, barcha kontent va xususiyatlarga istalgan payt oson va qulay kirishingiz mumkin. Qorongʻuda qurilmadan qulay foydalanish uchun tungi rejimdan foydalaning, aniq va intuitiv vizual elementlar esa qoʻshimcha kuch sarflamasdan interfeysni oʻzlashtirishga yordam beradi.

Tagged in:

, , ,