Huawei P40 Lite smartfoni qizqa vaqtda tez quvvatlana olish xususiyati bilan ajralib turadi. Texnik afzalliklarga ega. Narxi ham hamyonbop.

Smartfon narxi quyidagicha:

olcha.uz saytida 2 051 000 so`m;

asaxiy.uz saytida 3 212 000 so`m;

shopme.uz saytida 3 435 000 so`m;

Huawei P40 Lite bosh kamerasi kvadrat blok ichidagi to‘rtta modulni o‘z ichiga oladi: 48 MP (Sony IMX586), 8 MP (120º), 2 MP (chuqurlik sensori) va 2 MP (makro). Kamera fotochaqnog‘i bu blokdan pastda, barmoq izi skaneri esa korpusning yon qirrasida joylangan.

Ushbu gadjet Huawei’ning o‘z ishlanmasi – 8 yadroli Kirin 810 protsessori bazasida ishlaydi. Smartfonning tezkor xotirasi 8, doimiysi esa 128 gigabaytlik.

Huawei P40 Lite akkumulyatori yetarlicha baquvvat – 4 200 mA/soatlik bo‘lib, USB-C porti orqali 40 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Ishlab chiqaruvchining da’vosiga ko‘ra, bu usulda uning batareyasini 0 dan to 70 foizgacha atigi yarim soatda to‘ldirish mumkin!

Smartfon Wi-Fi 802.11ac hamda Bluetooth 5.0 simsiz interfeyslariga, korpusida standart quloqchin tirqishiga ega. NFC-modul haqida negadir kompaniya gap ochmagan; ayrim taxminlarga ko‘ra, sotiladigan bozoriga qarab ushbu chip bilan yoki uningsiz versiyalarda chiqarilishi mumkin.

Xitoyliklar bu «yengil» flagmanni EMUI 10 grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizimi bilan ta’minlashgan, ammo unga Google servislari qo‘shilmagan. Ular o‘rniga smartfonga Huawei’ning o‘z ilovalari hamda AppGallery katalogi o‘rnatilgan.

Tagged in:

, ,