Vivo V17 keng ommaga mo‘ljallangan bo`lib, smartfon professional suratlar olishga moslashgan 4ta kamera va 4500 mA·s sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Vivo V17 modelining kvadro AI-kamera obektivlari orqali dunyoni kashf etib, qoyilmaqom suratlar olish yanada osonlashadi. Smartfon 48 Mp asosiy kamera, 8 Mp yuqori keng burchakli obyektiv, shuningdek 2 Mp makro kamera, va portret rejimi uchun boke effektini taqdim etuvchi 2 megapikselli ajoyib kameraga ega.

Smartfon narxi quyidagicha:

asaxiy.uz saytida 2 938 000 so`m

Radius.uz saytida 2 993 000 so`m

Yuqori keng burchakli AI-kamera ko‘rish burchagini 120 darajaga kengaytiradi. Uning yordamida bitta kadrda ko‘proq do‘stlar va ta’sirlantiruvchi peyzajlar jam bo‘ladi. V17 ning 32 megapikselli old kamerasi tufayli detallarni yuqori tiniqlikda tasvirlash va ajoyib selfi olish mumkin.

Vivo V17 smartfoni 4500 mA·ch sig‘imli kuchli akkumulyatorga egaligi sababli uzoqroq ishlaydi va siz smartfonni quvvatlash bilan bog‘liq barcha xavotirlarni ortga surishingiz mumkin. Vivo V17 ning baquvvat akkumulyatori ikki barobar tez quvvatlanish eksklyuziv texnologiyasiga ega. 8 Gb tezkor va 128 Gb ichki xotira ko‘proq ilova yuklab olish va ulardan foydalanish qulayligi yanada oshishi imkonini taqdim etadi.

Shuningdek, Android 9 operatsion tizimi boshqaruvida ishlovchi Funtouch OS 9,2 tufayli Vivo V17 har qanday vazifani osonlikcha bajaradi. Foydalanuvchilarning o‘yinlardan yanada ko‘proq zavq olishi uchun Ultra Game Mode rejimi ham taqdim etilgan. Ultra Game Mode rejimi tizim resurslarini o‘yin foydasiga qayta taqsimlaydi.

Tagged in:

, ,