Yangi Chevrolet Traverse avtomobili sakkiz nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Biznes sinfidagi eng keng yukxona, haydash rejimi va to‘liq uzatmaning eng ilg‘or tizimini tanlash funksiyasi, bashang tashqi ko‘rinish va ishlov berilgan salonga ega. 318 ot kuchiga ega Chevrolet Traverse dvigateli murosasiz ishlash imkonini beradi. Avtomobil 7,8 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi.
Chevrolet Traversening narxlari bilan tarnishing:
Chevrolet Traverse (минимальная комплектация, под заказ) 464 800 000 сумов ($48,8 тысячи) Включая 15% НДС
Chevrolet Traverse Premier (максимальная комплектация)
596 000 000 сумов ($62,6 тысячи)Включая 15% НДС
Intellektual to‘liq boshqaruv tizimi sirpanchiq yoki qorli yo‘llarda avtomobilni boshqaruvini kuchaytiradi va old uzatmani tanlash qo‘shimcha yoqilg‘i tejashni ta’minlaydi. Ayniqsa tog`li va notekis yo`llarda ayni muddao. Bunga qo‘shimcha ravishda, oldingi yoki to‘liq uzatmaga harakat vaqtida ham o‘tish mumkin.
Chevrolet Traverse o‘zgaruvchan elektr boshqaruvi tizimi va besh richagli mustaqil orqa osma bilan jihozlangan. Buning yordamida Traverse sizga yo‘lni yaxshiroq his qilish imkonini beradigan ishonchli boshqaruvni ta’minlaydi.
Krossover 2008-yil oktyabrda sotuvga chiqqan.
O‘zbekistonda avtomobil besh xil rangda taqdim etiladi. Bu esa xaridorga kengroq tanlash imkoniyatini taqdim etadi.