Chevrolet Malibu 2 bu “premium” klassdagi o`zida ulug`vorlik va mag`rurlik ramzini aks etgan biznes – sedan hisoblanadi.
Chevrolet Malibu o`zining tashqi ko`rinishi bilan buyuk Kamaroni eslatadi. Shu kabi past bo`ylik kuzov, o`qsimon fara va orqa qismiga ega. Bu ko`rinish unga salobat qo`shib, shu bian birga uning ksenon faralari, svetodiod orqa chiroqlari hafaqat harakatlanishdagi qulaylik va xavfsizlikni, balki haqiqiy avtomobildagi mag`rurlik ramzini ham o`zida aks ettiradi.
Avtomobil narxi 311 124 067 so`m;
Avtomobil ZF mexanizmli g`ildirak chambaragi bilan jihozlangan bo`lib, u o`zining harakatlantirishdagi yengilligi bilan ajralib turadi, shuningdek, avtomobilni joylashtirish paytida, past tezlikda harakatlanish, yuqori tezlikdagi a`lo darajali sezuvchanlik kabi jihatlar bilan ajralib turadi.
Yo`l qoplamasi bilan yuzaga keladigan ulanishning xususiyat va sifatning oshirilganligi bu avtomobilning yutug`laridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, tebranish darajasi ham ancha kamaygan, Avtomobil ishlab chiqarilishida ZF® rul boshqarilish tizimi o`rnatilgan bo`lib, bu aniq yuklanishni ushlab turishiga olib keladi. Bu jihat hatto past tezlikda avtomobilni joylashtirish paytida ham asqotadi.
Yangi Chevrolet Malibu bu nafaqat tashqi ko`rinishi bilan kishi diqqatini o`ziga tortadigan, balki ichki salobatli salonga ham egadir. Bularning bari harakatlanishdagi qulaylik darajasini oshirishda o`z o`rniga ega bo`ladi.