Telefon va qalamni hammadan oldin oʻzaro birlashtirgan Note, sizning choʻntagingizga butun dunyoni joylay oladi. Yangi ehtiyojlar yangi turdagi qurilmani talab qiladi. Bu siz bilgan smartfon emas. Bu choʻntangingizga joylashadigan kompyuterdir. Bu mobil qurilmadagi yangi oʻyin darajasi. Bu professional 8K kamera va tahrirlash moduli. Bu ta`riflar  Samsung Galaxy Note 20 va Note 20 Ultraga tegishlidir.

Smartfonlar narxi quyidagicha:

olcha.uz saytida Galaxy Note 20 9 486 000 so`m,

Note 20 Ultra 12 648 000 so`m;

Mediapark savdo majmuasida Galaxy Note 20 Ultra 12 390 000 so`m;

tovar.uz saytida Galaxy Note 20 Ultra 11 426 000 so`m;

radius.uz saytida Galaxy Note 20 Ultra12 075 000 so`m;

Ekran o‘lchami:                                                                   

  • Galaxy Note 20 – FullHD+ni qo‘llab-quvvatlovchi 6,7 dyuymli Super AMOLED;
  • Galaxy Note 20 Ultra – WQHD+ qo‘llab-quvvatlovchi 6,9 dyuymli  Dynamic AMOLED 2X.

Yuqori modellarda maksimal yangilanish chastotasi 120 Gs, lekin o‘lchami FullHD. Shuningdek, Galaxy Note 20 va Galaxy Note 20 Ultra  30 daqiqa davomida 50% quvvat olish imkoniyatiga ega. Batareya quvvati 4300 va 4500 mA/soatni tashkil etadi.

Ikkala smartfon ham bitta kristalli Exynos 990’dan tashkil topgan bo‘lib, kichkina model 8/256 Gb xotira bilan ishlaydi. Katta model esa 8/12 Gb va 256/512 Gb flesh-xotira bilan ta’minlangan. Note 20 Ultra’da esa 1 Tbgacha bo‘lgan MicroSD o‘rni mavjud. Smartfonlarda ultratovushli barmoq izi skaneri mavjud bo‘lib, chang va namlikdan himoyalovchi IP68 ham bor.

Note 20 Ultra’ning orqa tomoni shishadan, Note 20’da esa polikarbonat.

Yangi smartfonlar uchun S qalam sensori yaratilgan. Uning murojaatga javobi to‘qqiz millisekundni tashkil etadi. Sensorga tegish va ekranda chiziq paydo bo‘lishi o‘rtasidagi vaqtni kamaytirish uchun foydalanuvchining keyingi harakatini taxmin qiluvchi sun’iy aql ishlatiladi.

Foydalanuvchilar uchun 5 ta qulay ishoralar mavjud: orqaga, uyga, so‘nggi dasturlar, aqlli tanlov va ekran yozuvi. Shuningdek, qo‘lda yozilgan eslatmalarni PowerPoint slaydlariga yoki Word hujjatiga ham o‘tkazish mumkin.