Samsung Galaxy A51 ekrani FHD+ sifatiga ega, 6,5 dyumli SAMOLED ekranida uzluksiz mobil o’yinlar o`ynashingiz, filmlar tomosha qilishingiz, internet tarmog’idan foydalanishingiz va ko‘p vazifalarni bir vaqtda amalga oshirishingiz mumkin. Displeyning ingichka xoshiyalari va foydalanish maydonining kattaligi yordamida vertual olamga butunlay sho‘ng‘ib ketasiz.

Smartfon narxi quyidagicha:

olcha.uz saytida 2 925 000 so`m;

mediapark savdo majmuasida 3 098 000 so`m

Samsung Galaxy A51 ekrani mavzusidagi ritmik naqshlar qora, oq yoki qizil ranglarning nafis soyalar bilan uyg‘unlashadi. Orqa panelning yorqin porlashi smartfonning umumiy dizaynini to‘ldiradi, uning mukammal ergonomikasi esa uni qo’lda qulay ushlab turishga imkon beradi. 48 megamikselli asosiy kamera yordamida sizning rasmlaringiz kun yoki tunning istalgan vaqtida yorqin va aniq bo’ladi.

Ultra keng burchakli Samsung Galaxy A51 kamerasi va aqlli dasturiy ta’minot sizga professional darajadagi videolarni «Action» kameralari kabi yozib olishga imkon beradi. Super barqarorlashtirish tizimi yordamida ajoyib sarguzashtlaringiz davomida jonli va yorqin videolar yarating.

4000 mA-soat quvvatga ega batareya (odatiy qiymat) sizga kun bo‘yi o‘ynash, jonli efirlarni amalga oshirish va fayllarni almashish imkonini beradi. 15 Vtlik tezkor quvvatlash sizga hayotning dinamik ritmidan chiqmaslikka yordam beradi.

Samsung Galaxy A51 tezkor protsessor va katta xotira bilan jihozlangan. Yaxshilangan 8 yadroli protsessor va 6 GB tezkor xotira har qanday ilovaning bir maromda va samarali ishlashini ta’minlaydi. 64 GB va 128 GB ichki xotira mavjudligi tufayli yanada ko‘proq fayllar yuklab oling va kamroq fayllar o‘chirib tashlang. 512 GBgacha bo‘lgan microSD kartasi bilan yanada ko‘proq kontentni saqlashingiz mumkin.