Xiaomi Redmi Note 9 Pro Max smartfonini yaratishda Aura Balance nomli dizayndan foydalanilgan. Smartfonning old tomonida aytarli yangilik yo‘q, ammo bosh kamera dizayniga bu gal o‘zgacha yondashilgan. Yangi smartfon diagonaliga 6,67 dyuymlik ekranga ega: bu Redmi Note turkumidagi eng yirik modeldir.
Xiaomi Redmi Note 9 Pro Max tezkor doimiy xotira hajmiga ko‘ra quyidagi narxlarda sotiladi:
6/64 GB – 2 594 378 so`m
6/128 GB – 3 210 000 so`m (mediapark savdo markazida)
Xiaomi Redmi Note 9 Pro Max selfi-kamerasi ekranning yuqori qismi o‘rtasidagi tirqishga joylangan. Smartfonning old va orqa panellariga Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan. Barmoq izi skanerini esa korpusning o‘ng qirrasiga o‘rnatishgan. Redmi Note 9 Pro Max uch xil rangda taklif etiladi: Aurora Blue, Glacier White hamda Interstellar Black. Xiaomi ushbu flagmanini to‘rt modulli kamera bilan jihozlagan bo‘lib, uning asosiy sensori 64 megapiksellik aniqlikda. Ikkinchi – 8 megapiksellik datchik ultra keng burchakli obyyektivga ega. Shuningdek, makro-syomka uchun 5 hamda sahna chuqurligini aniqlash uchun 2 megapiksellik modullar qo‘llangan. Old kameraning yakka datchigi 32 megapiksellik aniqlikka ega. Redmi Note 9 Pro Max apparat qismining asosini Qualcomm Snapdragon 720 protsessori tashkil etadi. Smartfonning tezkor xotirasi 6 va 8 gigabaytlik, UFS 2.1 turidagi ichki xotirasi esa 64 va 128 gigabaytlik konfiguratsiyalarda sotib olish mumkin bo‘ladi. Bularga qo‘shimcha yana 512 gigabaytgacha hajmli microSD-karta o‘rnatish imkoni ham bor. Smartfonning akkumulyatori 5020 mA/soatlik tok sig‘imiga hamda 33 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Quvonarlisi – shunday tezkor quvvatlagich ham jamlanmaning qadog‘iga kiritilgan.